Ehtiyotkorlik bilan muomila qilinsin

Ko‘rgazma va mediatsiyalar seriyasi
Fevral – Sentabr, 2026

«Ehtiyotkorlik bilan muomila qilinsin» — bu yo‘l bo‘ylab harakatlanadigan ko‘rgazma bo‘lib, mediatsiyalar seriyasi bilan birga olib boriladi. Oddiy ko‘ringan sayohat chamadoni oilaviy arxivlardan ilhomlangan beshta badiiy loyihani o‘z ichiga oladi. Ushbu loyihalar rassomlar Lilit Matevosyan, Gulshat Gubaydullina, V-L-V-SH-M-D, Vladimir Seleznev va Katya Selezneva tomonidan yaratilgan.

Qozog‘iston, O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Fransiya, Avstriya va Germaniya bo‘ylab sayohatlar davomida chamadon turli manzillarda to‘xtab, yangi rassomlar va hamkorlarni o‘z saflariga qo‘shilishga chorlaydi. Mahalliy hamjamiyatlar bilan muloqotga kirishish orqali  yangi badiiy ovozlarni jamlab, yakuniy ko‘rgazmada — Frankfurt-na-Maynda namoyish etiladi.

Shaxsiy arxivlardagi mavjudlik va yo‘qlik, shuningdek kundalik (vernacular) fotografiya ma’no yaratishda sermahsul zamin hisoblanadi. Mikro-xotira va oddiy maishiy amaliyot shaklida  oilaviy to‘plamlar o‘tmishda odatda nazorat ostida bo‘lganligi sabab insoniy tajribalar hamda kontekstlarning moddiy va vizual izlarini saqlab qolishga erishilgan.

Handle with Care bir tomondan o‘sib borayotgan vizual to‘plamning sayohatini, ikkinchi tomondan esa chamadon bosib o‘tadigan yo‘l insonlar o‘rtasidagi uzilish va aloqalarga qaratilgan tadqiqotni ko‘rasatadi.

Loyiha quyidagi savollarni o‘rtaga qo‘yadi: Kim arxivga ega bo‘lish imkoniyatiga ega? Qiymati o‘zgaruvchan bo‘lgan buyumlarni qanday saqlaymiz? Xotira amaliyotlarida rassom qanday rol o‘ynashi mumkin?

Jamoa: Lilit Matevosyan, Gulshat Gubaydullina, V-L-V-SH-M-D, Vladimir Seleznev, Katya Selezneva, Irina Denkmann
Kurator: Irina Denkmann
Dizayn: Denis (G‘afiyatullin) Volkov
Illyustratsiya: Gulshat Gubaydullina, Denis (G‘afiyatullin) Volkov
Tashkilotchi: Mañana Bold Art Association
Hamkorlar: Exhibition Space Alte Schmelze
Homiylar: World Design Capital 2026, Kulturfonds Frankfurt RheinMain